Янгиликлар
Uy ishchisi bilan tuziladigan mexnat shartnomasi to‘g‘risida
Uy ishchisi bilan tuziladigan
mexnat shartnomasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 515-moddasiga asosan:-
Ish beruvchi bulgan jismoniy shaxs tomonidan yozma shaklda tuziladigan mexnat shartnomasi uy ishchisi bilan yakka tartibdagi mexnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga asos buladi.
Ishga kabul kilinayotgan uy ishchisi bilan nomuayyan muddatga mexnat shartnomasi yoki muddatli mexnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Mexnat shartnomasi tuzilguniga kadar uy ishchisi ish beruvchi bulgan jismoniy shaxs tomonidan mexnat shartlari tugrisida oldindan xabardor kilinishi kerak.
Uy ishchisi bilan mexnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri ish beruvchi bulgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat solik xizmati organiga takdim etiladi, ikkinchisi ish beruvchida koladi, uchinchisi esa xodimga beriladi.
Uy ishchisi bilan tuziladigan mexnat shartnomasining namunaviy shakli Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan Ijtimoiy-mexnat masalalari buyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan xolda tasdiklanadi.
Agar taraflar uy ishchisini ozik-ovkat va uy-joy bilan ta’minlash tugrisida kelishuvga erishgan bulsa, bu shart mexnat shartnomasining mazmuniga kiritilishi kerak.
Uy ishchilarini ishga kabul kilish buyruk e’lon kilinmasdan amalga oshiriladi.
Uy ishchilariga mexnat daftarchalari yuritilmaydi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.