Янгиликлар
Yukori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis bulgan chet el fukarolari mexnatini xukukiy jixatdan tartibga solishning uziga xos xususiyatlari to‘g‘risida
Yukori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis bulgan chet el fukarolari mexnatini xukukiy jixatdan tartibga solishning uziga xos xususiyatlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 526-moddasiga asosan:-
Mexnat faoliyatini amalga oshirish maksadida Uzbekiston Respublikasi xududiga konuniy ravishda kirib kelgan yukori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis bulgan chet el fukarolari uchun konunchilikda ishga kabul kilishning, mexnat shartnomasini tuzish va bekor kilishning boshkacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Uzbekiston Respublikasi xududida mexnat faoliyatini amalga oshirish xukukiga doir tasdiknomalarning amal kilish muddati yukori malakali mutaxassis yoki malakali chet el mutaxassislari uchun, ularning xoxishiga kura, tasdiknomalar berilgan kundan e’tiboran uch yilgachani tashkil etadi, cheklanmagan mikdorda uzaytirishlar imkoniyati bilan beriladi, lekin bu mikdor xar bir xolda kupi bilan uch yildan ortik bulmasligi kerak.
Yukori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar Uzbekiston Respublikasi xududida mexnat faoliyatini amalga oshirish xukukiga doir tasdiknoma olmasdan Uzbekiston Respublikasi xududida urindoshlik asosida ishlash xukukiga ega.
Mexnat shartnomasi muddatidan oldin bekor kilingan takdirda, yukori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar uttiz ish kuni ichida boshka ish joyini izlashga xaklidir, bu davrda ularga ilgari berilgan Uzbekiston Respublikasi xududida mexnat faoliyatini amalga oshirish xukukiga doir tasdiknomalar, shuningdek vizalar va yashash guvoxnomalarining amal kilishi saklanadi.
Chet el fukarolarini yukori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar toifasiga kiritish mezonlari Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.