Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

AGAR OTADA MODDIY IMKONIYAT YAXSHI BOʻLSA, U BOLANI ONADAN OLIB QOʻYISHGA HAQLIMI?


AGAR OTADA MODDIY IMKONIYAT YAXSHI BOʻLSA, U BOLANI ONADAN OLIB QOʻYISHGA HAQLIMI?

 

Alohida-alohida turadigan ota-onalar tomonidan bolani tarbiyalashga oid ishlarni koʻrishda sudlar eʼtibor beradigan turli jihatlar bor.

Bu boʻyicha Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentyabrdagi “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori (3-bandi)da alohida koʻrsatmalar berilgan.

Bu qarorga koʻra, ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining oʻzi bolani unga olib berish uchun asos boʻla oladigan shart hisoblanmasligi nazarda tutiladi.

▪️Bunda sudlar:

➖bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bogʻlanib qolganligini;

➖ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan koʻproq gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatayotganligini;

➖bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga koʻngil qoʻyganligini;

➖ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini;

➖ota-onaning har biri bilan bola oʻrtasidagi munosabatlarni;

➖bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining maʼlumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini eʼtiborga oladi.

Yaʼni, faqatgina moddiy ahvolning yaxshiligi yoki onaga nisbatan otada moliyaviy vaziyat boʻyicha ustunlik borligining oʻzi bolani otaga olib berishga asos boʻlmaydi.

Koʻrib turganingizdek, oʻrtada masalaning maʼnaviy va mehr bilan bogʻliq boʻlgan oʻta muhim boʻlgan tomonlari ham bor.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti              V.M.Farmonqulov