Янгиликлар
QANDAY HOLLARDA PENSIYA QAYTA XISOBLANADI...
QANDAY HOLLARDA PENSIYA QAYTA XISOBLANADI...
"Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi Qonunning 49-moddasiga asosan, pensiyalarni qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi.
pensioner pensiya miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha boʻlgan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi hamda boshqa) qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
nogironlik guruhi oʻzgarganda;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladigan oila aʼzolari soni oʻzgarganda;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda;
daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanada koʻrsatilgan uning yoshiga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo boʻlganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti V.M.Farmonqulov