Янгиликлар
Umraga ketayotgan xodim yozdagi taʼtilni hozir olsa boʻladimi?
Umraga ketayotgan xodim yozdagi taʼtilni hozir olsa boʻladimi?
Savol:
Yaqinda umraga ketayotibman, yozdagi taʼtil xisobidan otpusa olsam boʻladimi?
JAVOB:
Mehnat kodeksining 230-moddasi birinchi qismida har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerakligi qayd etilgan.
Qoidaning mazmunidan hamma xodimlar taʼtillarini shu ish yilining oʻzida olishi, ish beruvchi esa taʼtilni shu ish yilida berishi shartligi kelib chiqmoda. Demak, siz ham taʼtilni ish yilida olishingiz kerak.
Bunda ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtili ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan taʼtillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat taʼtillarini berish navbatiga muvofiq beriladi (MK 228-m).
Ushbu jadval esa xodimning avvaldan olingan roziligi bilan kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadi.
Sizdagi holatda esa ish beruvchi bilan kelishgan holda ushbu jadvalga oʻzgartirish kiritishingiz mumkin.
Agar ish beruvchi rozilik beradigan boʻlsa, taʼtilni hozir olishingiz mumkin.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti V.M.Farmonqulov