Янгиликлар
2024-yil 1-yanvardan nimalar oʻzgaradi?
2024-yil 1-yanvardan nimalar oʻzgaradi?
Allergik bemorlarga bepul dori beriladi;
Pensiyaga chiqishda qulaylik yaratiladi;
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi;
Maktab direktorlari uchun sertifikatsiya joriy qilinadi;
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni qogʻoz shaklda talab qilish taqiqlanadi;
DXMlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatishga ixtisoslashgan “Ijtimoiy xizmat darchalari” faoliyati toʻliq tashkil etilishini taʼminlanadi;
Tramvay hamda trolleybusda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi;
Aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yoʻllarida piyodalar oʻtish yoʻlaklarini svetoforlar bilan toʻliq jihozlash majburiy etib belgilanadi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti V.M.Farmonqulov