Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qancha miqdordagi tovarni boj toʻlamasdan olib oʻtish mumkin?


Qancha miqdordagi tovarni boj toʻlamasdan olib oʻtish mumkin?

 

    Tovarlarning qiymati fuqaroning Oʻzbekistonga kirish vositasiga qarab farqlanadi, masalan, aeroport orqali oʻtganda 2 000 AQSH dollarigacha qiymatdagi tovar olib oʻtish mumkin.

     Chegaradan poyezd va daryo orqali oʻtganda esa ushbu qiymat 1 000 AQSH dollaridan, avtoyoʻl yoki piyoda chegaradan oʻtilganda esa 300 (uch yuz) AQSH dollaridan koʻp boʻlmasligi kerak.

     Olib kiriladigan tovarlar miqdoriga cheklovlar qanday?

    Bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan olib kiriladigan ayrim tovar turlari ham tasdiqlangan, unga koʻra:

     – alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo – 2 litr;

     – tamaki mahsulotlarining barcha turlari – 10 quti;

     – atir va ifor taratuvchi suvlar – 3 ta;

     – qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari – 65 gramm.

     Bundan tashqari, fuqarolar bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan har olti oyda 1 tadan maishiy texnika vositalarini (sovutgich, konditsioner, muzlatgich, kir yuvish mashinasi va boshqalar) olib kirishi mumkin, hozirgi kunda 1 ta telefon olib kirish mumkin. 2024-yil 28-yanvardan esa fuqarolar chegaradan har oʻtganida 2 tadan telefon olib oʻtishi mumkin boʻladi.

     Boshqa tovarlardan 2 kg dan, ammo umumiy ogʻirligi 10 kg dan oshmagan holda toʻlov qilmasdan tovarlarni olib kirish mumkin.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti              N.P.Nazarimbetov