Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq organlari biznesni 5 yil oʻrniga soʻnggi 3 yil uchun tekshirishga haqli.


2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq organlari biznesni 5 yil oʻrniga soʻnggi 3 yil uchun tekshirishga haqli.

 

Coliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi. Bu 2024-yildan boshlab soliq yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini faqat 3 yil davomida oʻtkazishga haqli ekanligini anglatadi:

– soliq davri tugaganidan keyin;

– yoki soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bogʻliq boʻlsa, voqea yoki harakat sodir boʻlgan paytdan eʼtiboran.

Soliq toʻlovchilar va soliq agentlari uchun soliqlar boʻyicha daʼvo muddatini qisqartirish quyidagilarni anglatadi, xususan:

endilikda ular soliq hisoboti va soliqlarni hisoblash va toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni 5 yil emas, balki 3 yil saqlashlari kerak;

ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ariza endilikda ushbu summa toʻlangan kundan eʼtiboran uch yil ichida berilishi mumkin;

ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisida ariza undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil ichida berilishi mumkin;

transfert narxni belgilashda soliq tekshiruvi doirasida tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan yildan uch yildan oshmaydigan davrda tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar tekshirilishi mumkin. Tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror esa soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabarnoma olgan kundan boshlab 3 yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin;

agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran yoki mazkur huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran va javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytga qadar 3 yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, javobgarlikka tortish mumkin emas.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti              N.P.Nazarimbetov