Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

MEHNAT SHARTNOMASI QACHON KUCHGA KIRGAN XISOBLANADI?


MEHNAT SHARTNOMASI QACHON KUCHGA KIRGAN XISOBLANADI?

 

SAVOL;

Men bundan 10 kun oldin bir tashkilotga mehnat shartnomasi orqali ishga kirdim. Hozirgi kunda oʻsha joyda ishlab kelyabman. Savolim shuki, qonunchilik boʻyicha ish beruvchi bilan meni oʻrtamda tuzilgan mehnat shartnomasi qachondan kuchga kiradi va meni rasman ish boshlash kunim qaysi kun boʻlishi kerak shuni bilmoqchiman?

JAVOB;

Amaldagi Mehnat kodeksining 108-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan eʼtiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.

Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan boʻlsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

Demak, Sizni ish beruvchi bilan oʻrtangizda tuzilgan mehnat shartnomasi Sizlar shartnomani imzolagan kundan boshlab kuchga kirgan. Sizda shartnomani bir nusxasi bor va Siz oʻsha shartnomaga eʼtibor bering. Shartnomangizda Sizni rasman ish boshlash sanangiz koʻrsatilgan boʻlsa oʻsha sanadan, agar koʻrsatilmagan boʻlsa shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kuni Sizni rasman ish boshlash kuningiz xisoblanadi.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti              B.B. Mavlonov