Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Prezident qarori bilan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan.
Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlari:
- “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
- aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash;
- nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishni taʼminlash;
- nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan taʼminlash;
- yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash;
- bolalar uylari va “Mehribonlik” uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
- voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam xizmatlarini moliyalashtirish va boshqalar.
Hujjatda, shuningdek Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan. Markazda quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- axborot dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;
- serverlar, kompyuter uskunalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish;
- Agentlik tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- “Sall-markaz” faoliyatini tashkil etish.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti B.B. Mavlonov