Янгиликлар
BIR OILADAN BOʻLGAN QARINDOSHLAR MAKTABDA BIRGA ISHLASHI MUMKINMI?
BIR OILADAN BOʻLGAN QARINDOSHLAR MAKTABDA BIRGA ISHLASHI MUMKINMI?
SAVOL:
Bizning maktabda bir oiladan besh kishi bitta maktabda ishlaydi, yaʼni, katta farzand zavxoz, uning xotini oʻqituvchi, qizi ham ham oliygohda oʻqiydi, ham shu maktabda dars beradi. Ukasi qorovul va uning hotini oʻqituvchi. Bu qonuniymi?
JAVOB
Mehnat kodeksining 121-moddasiga koʻra, oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa taqiqlanadi.
Istisnolar Vazirlar Mahkamasining 133-son “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga 3-ilovada belgilangan boʻlib, unda barcha oʻquv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, oʻqituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa ham ishlashlari mumkinligi koʻrsatilgan.
Demak, sizning vaziyatingizda oʻqituvchilar bir-birovga boʻysungan holatda ishlashlari mumkin. Shuningdek, yaqin qarindoshlar zavxoz va oʻqituvchilar, hamda qorovul xodimlar maktabda bir-biriga boʻysunuv tartibida ishlamasliklarini ham hisobga olish zarur!
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti B.B. Mavlonov