Янгиликлар
NODAVLAT NOTIJORAT TAKILOTLARI UCHUN MEHNAT MUNOSABATLARI BOʻYICHA ISH BERUVCHILAR UCHUN USLUBIY QOʻLLANMA
NODAVLAT NOTIJORAT TAKILOTLARI UCHUN
MEHNAT MUNOSABATLARI BOʻYICHA ISH BERUVCHILAR UCHUN
USLUBIY QOʻLLANMA
Mazkur uslubiy qoʻllanma tashkilotdagi mehnat munosabatlarini toʻgʻri tashkil etish va boshqa mehnat munosabatlarini tartibga solish uchun ishlab chiqilgan.
Tashkilot tomonidan birinchi navbatda quyidagilar:
ü tashkilotning reglamenti (ustav, nizomi);
ü shtatlar jadvali;
ü xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari;
ü tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalari va jamoa shartnomalari (Oʻz.Res.MK-296-m, AV tartib raqami - 746-son);
ü “Moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi nizom;
ü ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar belgilangan boʻlsa, bu boʻyicha lokal hujjat ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar
Ishga qabul qilish chogʻida talab etiladigan hujjatlar (Oʻz.Res.MK-124-m):
pasportni
yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani,
oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar esa tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani
yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani;
oxirgi ish
joyi boʻyicha tasdiqlangan qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron
mehnat daftarchasidan koʻchirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan
shaxslar mustasno. Oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat
daftarchasining oʻrniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi
maʼlumotnomani taqdim etadi;.
harbiy
xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnomani
yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
oliy yoki
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi
diplomni, qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus maʼlumotga yoki maxsus
tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslar qoʻyilishi mumkin boʻlsa, oʻsha ishga
kirish chogʻida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnomani (sertifikatni)
yoxud boshqa tegishli hujjatni;
soliq
toʻlovchining identifikatsiya raqamini;
jismoniy
shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (mavjud boʻlganda);
jamgʻarib
boriladigan pensiya daftarchasini, bundan birinchi marta ishga kirayotgan
shaxslar mustasno.
Ish beruvchi:
birinchi
marta ishga kirgan, besh kundan ortiq ishlagan shaxslarga va qonunchilikda
oʻziga nisbatan mehnat daftarchalarini yuritish nazarda tutilmagan ilgari
ishlagan shaxslarga mehnat daftarchasini rasmiylashtirishi;
ilgari
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobda turmagan xodimlarni bunday
hisobga qoʻyish uchun choralar koʻrishi shart.
Ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxsdan ushbu Kodeksda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos boʻladi (Oʻz.Res.MK-127-m).
Birinchi marta ishga kirayotgan
xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, mehnat faoliyatini yuritayotgan
xodimlarning mehnat shartnomalariga kiritilgan oʻzgartirish va ularni bekor
qilish holatlari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat komplekcidan
roʻyxatdan oʻtkaziladi (Oʻz.Res.VMQ-971,
4502-son).
Mehnat daftarchalari tashkilotning kadrlar xizmatida seyf yoki qulflanadigan shkafda saqlanadi (Oʻz.Res.AV roʻyxat raqami-402-son).
Mehnat shartnomasini
bekor qilishni rasmiylashtirish
Mehnat
shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi (Oʻz.Res.MK-170-m).
Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qoʻshimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qoʻshimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari koʻrsatilishi shart (Oʻz.Res.MK-157-m).
![]()
Mehnat
shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinayotganda, xodim
Mehnat kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda yozma shaklda
ogohlantirilishi kerak.
Ish beruvchining buyrugʻida mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ushbu Kodeksning yoxud tegishli qonunning moddasiga (bandiga) havola qilingan holda ushbu Kodeks yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar moddalarining (bandlarining) taʼriflariga aniq muvofiq tarzda koʻrsatilishi kerak (Oʻz.Res.MK-170-m).
![]()
Mehnat
daftarchasiga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozuvlar
tashkilot rahbari yoki masʼul xodimning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi (Oʻz.Res.AV roʻyxat raqami-402-son).
Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berishi shart. Ish beruvchi xodimning yozma arizasiga koʻra unga ish bilan bogʻliq hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini ham berishi shart (Oʻz.Res.MK-171-m).
Mehnat
shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yoʻq boʻlganligi yoki hujjatlarni olishni
rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat
daftarchasidan koʻchirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish
toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berish imkoniyati boʻlmagan
taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat
daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali
yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart (Oʻz.Res.MK-171-m,);
Taʼtillarni
rasmiylashtirish
Barcha xodimlarga, shu jumladan oʻrindoshlik asosida
ishlayotgan xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi
(lavozimi) va oʻrtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat taʼtillari
beriladi
(Oʻz.Res.MK-216-m).
15 Har yilgi asosiy eng kam mehnat
taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni
tashkil etadi (Oʻz.Res.MK-217-m).
Barcha
hollarda qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda
ularning umumiy muddati ellik olti kalendar
kundandan oshib ketishi mumkin emas.
Birinchi ish
yili uchun har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish
beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy oʻtganidan
keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining
kelishuviga koʻra xodimga ishlagan olti oy oʻtguniga qadar ham mehnat taʼtili
berilishi mumkin.![]()
Birinchi bor tashkil etilgan tashkilotlar uchun xodimlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtili birinchi ish yili tugaguniga qadar ushbu taʼtilni berish sharti bilan olti oy ishlamasidan ilgari yoki undan keyin berilishi mumkin (Oʻz.Res.MK-227-m).
Taʼtillarni rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar:
Ø taʼtillar jadvali;
Ø taʼtil berish toʻgʻrisida xabarnoma;
Ø xodimning arizasi;
Ø taʼtil berish toʻgʻrisidagi buyruq;
Ø shaxsiy varaqa;
Ø
ish
vaqtini hisobga olish tabeli.
Ikkinchi
va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtili ish beruvchi va xodim
uchun majburiy boʻlgan taʼtillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat
taʼtillarini berish navbatiga muvofiq beriladi (Oʻz.Res.MK-228-m).
Yillik
taʼtillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi
tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi
bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga
muvofiq belgilanadi.
Mehnat
kodeksining 228-moddasiga muvofiq, ayrim xodimlarga taʼtil ularning xohishiga
koʻra yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa
vaqtda berilishi kerak.
Taʼtil
berish vaqti haqida xodimni taʼtil boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin xabarnoma orqali maʼlum qilinadi.
Taʼtillar jadvali va xodimning arizasiga koʻra unga taʼtil berish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.
Ish vaqtini hisobga
olish tabelini yuritish
![]()
Xodimlarning ish vaqtini
hisobga olish tabeli (bundan buyon matnda tabel deb yuritiladi) tegishli
tarkibiy boʻlinmalar boshligʻi (rahbar oʻrinbosari) yoki kadrlar xizmati xodimi
tomonidan yuritiladi.
Tabel
kadrlar xizmati xodimi tomonidan yuritilganda, xodimlarning haqiqatda
ishlaganligi barcha tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari (rahbar oʻrinbosari) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tabelni oʻz vaqtida rasmiylashtirish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasini xodim ishga chiqqan birinchi kunda kadrlar xizmatiga taqdim etiladi (Oʻz.Res.AV roʻyxat raqami-1136-son).
Mehnatga haq toʻlash tartibi
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida bir vaqtning oʻzida belgilanadi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir (Oʻz.Res.MK-245-m).
![]()
Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari
noqulay boʻlgan joylarda mehnat haqiga tuman
koeffitsiyentlari va ustamalar
belgilanadi (OʻzR VMQ-743-son).
Xodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida
yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart
qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas.
Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, oʻn olti kundan koʻp boʻlmagan
tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida)
toʻlanadi (Oʻz.Res.MK-253-m).
Xodimga tegishli boʻlgan ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi va miqdori boshqa toʻlovlarni amalga oshirishga hamda ularning
navbatiga bogʻliq qilib qoʻyilmasligi kerak.
Normal ish sharoitlarida oddiy ishlarni bajarish chogʻida ish
vaqtining normasini toʻliq ishlab bergan xodimning malaka talab etmaydigan
mehnati uchun qonunchilikda kafolatlangan, Yagona tarif setkasining birinchi
razryadiga muvofiq boʻlgan oylik ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridir.
Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram
kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Jamoa shartnomasida, kasaba
uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra ish beruvchi tomonidan qabul
qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida ish vaqtidan tashqari ish uchun
qoʻshimcha toʻlovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin (Oʻz.Res.MK-262-m).
Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq toʻlanadi (Oʻz.Res.MK-264-m).
Ishlov beriladigan materialdagi
yashirin nuqson tufayli paydo boʻlgan yaroqsiz mahsulot uchun, shuningdek
xodimning aybisiz tayyorlangan yaroqsiz mahsulot uchun yaroqli mahsulotlar bilan teng ravishda haq toʻlanadi (Oʻz.Res.MK-267-m).
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda, ish hajmi koʻpayganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qoʻshimcha toʻlov belgilanadi va toʻlanadi:
budjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;
budjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining
(maoshining) ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda (Oʻz.R.MK-259-m).
Ish haqi milliy valyutada (soʻmda) toʻlanadi.
Xodimga ish haqini toʻlash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi (Oʻz.Res.MK-256-m).
Ragʻbatlantirishni rasmiylashtirish
tartibi
Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin. Ragʻbatlantirish turlari, ularni qoʻllash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat toʻgʻrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi (Oʻz.Res.MK-299-m).
Intizomiy
jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish
choralari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash tizimiga kirmaydigan va mehnat
natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb
bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qoʻllanilmaydi (Oʻz.Res.MK-299-m).
Intizomiy jazoni rasmiylashtirish
tartibi
Tashkilotda mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
![]()
Intizomiy
jazo choralari ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan
qoʻllaniladi (ushbu Kodeks 127-moddasining
ikkinchi va uchinchi qismlari).
Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilguniga qadar yozma tushuntirishni talab qilishi, shu jumladan, agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra aniqlangan boʻlsa, talab qilishi shart. Xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi uchun monelik qilmaydi va hozir boʻlgan guvohlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Har bir
intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy
jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini
tanlash huquqi ish beruvchiga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qoʻllashda
sodir etilgan qilmishning ogʻir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari,
xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi (Oʻz.Res.MK-313-m).
Oʻziga
nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash haqidagi buyruq bilan
tanishtirilmagan xodim intizomiy jazosi boʻlmagan
deb hisoblanadi.
Xodimning
oʻziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruq bilan
tanishishni rad etishi hozir boʻlgan guvohlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma
bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda xodim buyruq bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil qilish
![]()
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil qilish uchun tashkilotda nizom ishlab chiqiladi va ish beruvchining buyrugʻi bilan tasdiqlanib joriy qilinadi.
Ish beruvchi xodimga xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini taʼminlashi shart (Oʻz.Res.MK-361-m):
1) ish joylari joylashtiriladigan binolar (inshootlar) tuzilishiga koʻra
ularning belgilangan funksional maqsadiga mos
holatda foydalanilishi lozim;
2) ishlatiladigan
asbob uskunalar xavfsiz boʻlishi, texnik pasportga (sertifikatga) ega boʻlishi
kerak;
3) tashkilot hududida piyodalar va texnologik transport vositalari xavfsiz
sharoitlarda harakatlanishi uchun maxsus belgilar va rangli
chiziqchalar bilan harakatlanish yoʻlakchalarini
belgilash kerak;
4) xavfli zolanarga ajratilishi, maxsus belgilar
va toʻsiqlar bilan begona shaxslarning
kirish imkoniyatini cheklash lozim. Xavfli zonalarga faqat ushbu zonada naryad-dopusk asosida ishlashga ruhsat
berilgan, avval maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan
hamda shaxsiy himoya vositasi bilan taʼminlangan shaxslar kirishi mumkin;
5) ish vaqti davomida xodimlarning mehnat qobiliyati va ish samaradorligini
yuqori boʻlishini taʼminlash uchun ish oʻrinlar joylashgan xonada harorat, yorugʻlik, ventilyatsiya sanitariya
talablarga javob berishi shart.
Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar uchun mablagʻlar va
materiallarni ajratish
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni oʻtkazish uchun zarur mablagʻlar va materiallarni ajratadi (Oʻz.Res.MK-361-m).
Mazkur mablagʻlar va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
Xodimlar mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar oʻtkazilishi munosabati bilan chiqimdor boʻlmaydi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish
Tashkilotlarda xodimlarning
soni 50 va undan ortiq boʻlsa ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilishi shart
(Oʻz.Res.Qonuni-410-son, 22.09.2016-y.).
Mehnatni muhofaza qilish xizmatida xodimlarning soni tashkilotda ishlaydigan xodimlarning soni, xavflilik sinfi va texnologik jarayonining hususiyatlari inobatga olgan holda belgilanishi lozim (Oʻz.Res.VMQ-1066, 31.12.2018-y.).
Tashkilotda xodimlarning soni 50 nafardan kam boʻlsa mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vazifalar rahbar oʻrinbosariga yuklatiladi (buyruq va ustama haq belgilangan holda).
Mehnatni muhofaza qilish xizmati toʻgʻridan-toʻgʻri tashkilotning rahbariga boʻysunadi. Bu xizmatni boshqa tarkibiy boʻlimlarga qoʻshish, qisqartirish mumkin emas.
Ish oʻrinlarida attestatsiya oʻtkazish
Ish joylarda
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarning darajasini aniqlash va ularning
xodimga taʼsirini kamaytirish borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun
mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya oʻtkazilishi kerak.
4 ta holatda attestatsiya majburiy ravishda oʻtkaziladi (Oʻz.Res.MK-361-m):
qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlarga mehnat sharoitlariga koʻra imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish oʻrinlari;
nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlari;
imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarida koʻrsatilgan ish oʻrinlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish oʻrinlari.
jamoa kelishuvlarida va jamoa shartnomasida mehnat sharoitlariga koʻra boshqa ish oʻrinlarini ham attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.
![]()
Mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarida attestatsiya kamida 5 yida bir marta oʻtkazilishi kerak (Oʻz.Res.VMQ-263, 15.09.2014-yil).
Noqulay (zararli va xavfli) mehnat sharoitlarda ishlaydigan xodimlar uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar
Mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarida attestatsiya natijalariga xodimlarga quyidagi imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilanadi:
haftasiga 36 soatdan oshmagan
qisqartirilgan ish vaqti rejimi (Oʻz.Res.MK-477-m);
jamoa shartnomasida xodimlarga belgilangan
mehnat taʼtili kunlariga qoʻshimcha beriladigan
mehnat taʼtili kunlari (3 kundan 24
kungacha) (Oʻz.Res.MK-477-m);
davolash-profilaktika oziq-ovqatlarni (sut,
qatiq va boshqalar) bepul berish (Oʻz.Res.MK-363-m);
shaxsiy himoya vositalarni bepul berish;
imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini
belgilash (5 yil avval, 10 yil avval, yoshidan qaʼti nazar);
Zararli va (yoki) xavfli mehnat
sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan
xodimlarning mehnatiga haq toʻlash oshirilgan miqdorda belgilanadi.
Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haqni oshirishning eng kam miqdori normal mehnat sharoitlaridagi har xil turdagi ishlar uchun belgilangan tarif stavkasining (maoshning) toʻrt foizini tashkil etadi (Oʻz.Res.MK-482-m).
Majburiy tibbiy koʻriklar
Ish beruvchi quyidagilarni dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda)
va davriy (mehnat faoliyati
davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni
tashkil etishi shart (Oʻz.Res.MK-360-m).
Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
*
Maʼlumot uchun: Har yili 1-dekabrga qadar tashkilot boʻyicha majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi majbur boʻlgan lavozimlar roʻyxatini davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan belgilanadi (Oʻz.Res.Adliya vazirligidan 29.08.2012-yilda 2387-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan).
Roʻyxat aniqlangandan keyin davolash-profilaktika muassasasi tibbiy koʻrikdan oʻtish boʻyicha kalendar rejani tasdiqlab beradi (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish komissiyasida profpatolog boʻlishi shart).
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish kuni xodimning mehnat haqi saqlanib qolinadi.
Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan xodimni ishlarni bajarishga qoʻymasligi haqli.
*
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan xodim boʻyin tovlashi mumkin emas.
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish jarayoni xodimga bepul boʻlishi shart.
Xodimning majburiy tibbiy koʻrikdan u dastlabki (ishga qabul qilish chogʻida) yoki davriy (ish jarayonida) xususiyatga ega boʻlishidan qatʼi nazar, oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi (Oʻz.Res.MK-292-m).
Xodimlarni shaxsiy himoya va
gigiyena vositalari bilan taʼminlash
Ish beruvchi mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlar belgilangan normalar boʻyicha maxsus kiyim-bosh, sanitar kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlashi shart (Oʻz.Res.MK-363-m).
Bunday ishlarning roʻyxati, beriladigan vositalarning normalari, taʼminot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar ular tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qonunchilikda belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Shaxsiy himoya vositalari xodimning bajaradigan ish turiga hamda himoya hususiyatlarga ega boʻlishi lozim.
Shaxsiy himoya vositalari muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
Shaxsiy himoya vositalarni tozalash, taʼmirlash, yangisiga almashtirish ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.
Shaxsiy himoya vositalari xodimga imzo qoʻyilgan holda tarqatiladi.
Ish beruvchi vositalarning yaroqliligi va xodimlar ulardan toʻgʻri foydalanayotganligini nazorat qiladi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida lokal xujjatlar
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishga oid barcha lokal xujjatlar ish beruvchining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqda hujjatlarni joriy etish muddati belgilanishi lozim.
Hujjatlarni roʻyxatga olish daftari va hujjatlarni taratish jurnali yuritilishi kerak.
![]()
Barcha hujjatlar imzo qoʻyilgan holda xodimlarga tarqatiladi.
![]()
Muhim hujjatlardan biri mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlar va funksiyalar tashkilotning mansabdor shaxslari orasida toʻgʻri taqsimlanadi va buyruq bilan tasdiqlanadi.
Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha
yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish va oʻqitish
Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari
mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga
oshiruvchi organlar tomonidan ushbu xodimlar va rahbarlarning kasbi hamda ish turlari uchun belgilangan tartibda va
muddatlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitilishi, yoʻl-yoʻriq olishi,
bilimlarining tekshiruvidan oʻtkazilishi shart (Oʻz.Res.MK-362-m).
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish, malaka oshirish toʻgʻrisida Nizom, yoʻl-yoʻriqlar dasturlari, bilimlarni sinovdan oʻtkazish yuzasidan savol-javoblar ishlab chiqiladi va ish beruvchining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Malakasini oshirishi zarur boʻlgan xodimlarning roʻyxati hamda malaka oshirish grafigi tuziladi va tasdiqlanadi.
Bilimlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyatdagi komissiya ish beruvchining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Komissiya aʼzolarining barchasi malakasini oshirganligini tasdiqlaydigan guvohnomaga ega boʻlishi kerak.
Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbarlari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini teshkirish va hisobga olish
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb
kasalliklari majburiy ravishda tekshirilishi va hisobga olib borilishi lozim.
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oʻz vaqtida tekshirishi hamda hisobga olishi shart (Oʻz.Res.MK-366-m).
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibati boʻyicha quyidagi turlarga ajratiladi (Oʻz.Res.VMQ-286, 06.06.1997-yil):
v oqibati yengil;
v oqibati oʻrtacha;
v oqibati ogʻir;
v oʻlim bilan tugagan.
Jarohat olgan xodimlar soni boʻyicha guruhiy baxtsiz hodisa boʻladi.
Oqibati yengil baxtsiz hodisani ish beruvchi tomonidan tuzilgan komissiya tekshiradi (3 ish kuni ichida) va N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzadi. Mazkur dalolatnomaning bir nusʼhasi Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboriladi.
Oqibati oʻrtacha va ogʻir,
vafot etgan, shuningdek bir vaqtning oʻzida
2 nafar xodim jarohatlangan boʻlsa, komissiya Kambagʻallikni
qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining buyrugʻiga asosan tuzilgan komissiya tomonidan 15 kun davomida tekshiriladi va N-1
shaklidagi dalolatnoma tuziladi.
Bir vaqtni oʻzida 3 nafardan 11 nafargacha xodimlar jarohatlangan boʻlsa, komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Kamballikni qisqartirish va bandlik vazirligining buyrugʻi bilan tuzilgan komissiya tomonidan 15 kun davomida tekshiriladi.
Bir vaqtning oʻzida 11 nafar va undan ortiq xodimlar jaroahtlangan boʻlsa, mazkur baxtsiz hodisa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni toʻlash
Ish beruvchi xodimning mehnatda mayib boʻlishi va (yoki) kasb kasalligi
tufayli hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan
ziyonning oʻrnini qoplashi shart (Oʻz.Res.MK-321-m).
Ish beruvchi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib boʻlishi tufayli xodimning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar boʻladi.
Xodimning sogʻligʻiga ziyon
yetkazilganda ish beruvchi quyidagilarni qoplab
berishi shart:
xodimga bir martalik nafaqa toʻlash (toʻlanadigan
nafaqa miqdori jabrlangan xodimning oʻrtacha oylik ish haqi asosida hisoblangan
yillik ish haqidan kam boʻlmasligi kerak) (Oʻz.Res.MK-323-m);
xodimga yoʻqotilgan ish haqi uchun yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash
tarzida amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlar (miqdori
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga
nisbatan uning kasbiy mehnat qobiliyatining yoʻqotilishi darajasiga muvofiq
boʻlgan foizli nisbatda belgilanadi) (Oʻz.Res.MK-324-m);
xodimning qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish (davolanish, protezlash, qoʻshimcha ovqatlanish, dori
vositalarini sotib olish, sanatoriy-kurortda davolanish xarajatlari va
boshqalar) (Oʻz.Res.MK-325-m).
Kasbiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish va qoʻshimcha xarajatlar darajasi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Xodimning hayotiga yetkazilgan ziyonni toʻlash
Boquvchi
boʻlgan xodim (bundan buyon
matnda boquvchi deb yuritiladi) mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq
boʻlgan mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa yetkazilgan
boshqa shikast tufayli vafot etgan taqdirda ish
beruvchi ziyonning oʻrnini qoplashi shart (Oʻz.Res.MK-327-m).
Boquvchi vafot etganligi munosabati ish beruvchi tomonidan qoplanishiga
doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarga quyidagilarni toʻlaydi:
bir yoʻla beriladigan nafaqani (miqdori marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmasligi kerak) (Oʻz.Res.MK-330-m);
boquvchining yoʻqotilgan ish haqi oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlarni (miqdori marhumning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida, uning oʻziga tegishli boʻlgan ulushni va uning qaramogʻida boʻlgan, ammo ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlmagan mehnatga qobiliyatli shaxslarning ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi) (Oʻz.Res.MK-331-m);
qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilishni (dafn etish uchun xarajatlar) (Oʻz.Res.MK-332-m).
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni quyidagi (Oʻz.Res.MK-328-m):
voyaga yetmagan shaxslarga — oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar;
oʻn sakkiz yoshdan oshgan oʻquvchilarga — kunduzgi taʼlimni tugatguniga, lekin koʻpi bilan yigirma uch yoshga toʻlguniga qadar;
ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
nogironligi boʻlgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
marhumning qaramogʻida boʻlgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band boʻlgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila aʼzosiga — qaramogʻidagi shaxslar oʻn toʻrt yoshga toʻlguniga qadar qoplanadi.
Barcha toʻlovlar ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ish beruvchi oʻzining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilgan taqdirda sugʻarta shartnomasi talablariga muvofiq sugʻurta kompaniyasi tomonidan koplab beriladi (Oʻz.Res.VMQ-177, 24.06.2009-yil).