Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya javob beradi Savol: Bola puli egizak bolalarga uchun qancha to‘lanadi?


Adliya javob beradi

 

Savol: Bola puli egizak bolalarga uchun qancha to‘lanadi?

 

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda, agar bir oilada tug‘ilgan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi deb ko‘rsatilgan.

 

Yuqoridagi normani soddalashtiradigan bo‘lsak, agar Sizni oilaviy sharoitingiz bola puli olish uchun belgilangan normalarga to‘g‘ri kelsa, Sizni egizak farzandlaringizdan biri uch yoshga to‘lmaganlik nafaqasi sifatida 325 000 so‘m, ikkinchi farzandingizga esa ikkinchi farzandlarga beriladigan miqdorda, ya’ni 150 000 so‘m bolalar nafaqasi tayinlanadi. Shunda Sizni egizak bolalaringiz uchun jami bo‘lib 475 000 so‘m bolalar nafaqasi beriladi.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich