Янгиликлар
Adliya javob beradi Savol: Kasal bo‘lib qolgan ukasiga uyda qarab turgani uchun aka va opalarga ham mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan nafaqa beriladimi?
Adliya javob beradi
Savol: Kasal bo‘lib qolgan ukasiga uyda qarab turgani uchun aka va opalarga ham mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan nafaqa beriladimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 8 mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 16-bandida Uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
O‘n to‘rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‘lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich