Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya javob beradi Savol: YaNGI OILA QURGAN YoShLARGA XONADONIDA QO‘ShIMChA UY-JOY QURISh UChUN 33 000 000 SO‘MGAChA GAROVSIZ KREDIT AJRATILIShI XAQIDA MA’LUMOT BERSANGIZ.


Adliya javob beradi

 

 

Savol: YaNGI OILA QURGAN YoShLARGA XONADONIDA QO‘ShIMChA UY-JOY QURISh UChUN 33 000 000 SO‘MGAChA GAROVSIZ KREDIT AJRATILIShI XAQIDA MA’LUMOT BERSANGIZ.

 

Javob:

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 637-son qarori tasdiqlangan nizomda, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi va shartlar belgilangan.

 

Unga ko‘ra mazkur kredit:

 

bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;

 

20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;

 

boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.

 

Ushbu kreditni olish uchun talabgor:

 

kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

 

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va qonuniy nikohdan o‘tganiga 3 yildan oshmagan bo‘lishi lozim

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich