Янгиликлар
Adliya javob beradi Savol: Men kasaba uyushma qo‘mitasi a’zosiman. Menga kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?
Adliya javob beradi
Savol: Men kasaba uyushma qo‘mitasi a’zosiman. Menga kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq Kasaba uyushmalari organlariga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlar uchun quyidagi kafolatlar belgilangan.
Quyidagilarga:
kasaba uyushmasi organi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga — shu organning roziligisiz;
tashkilot bo‘linmalaridagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmasi organining roziligisiz;
tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligisiz intizomiy jazo berilishi mumkin emas.
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, ular a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan holda yo‘l qo‘yiladi, tashkilot kasaba uyushmasi organining raisi bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa bundan tashqari tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining shunday roziligi olingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Kasaba uyushmalari organlarining ishlab chiqarishdagi o‘z ishidan ozod etilmagan a’zolariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan shartlarga ko‘ra mehnat jamoasining manfaatlarini ko‘zlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi, shuningdek kasaba uyushmasining yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘qishi uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda vaqt beriladi.
Kasaba uyushmalari organlarining a’zolari ishlab chiqarishdagi ishidan kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda delegat sifatida, shuningdek kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida ishtirok etish vaqtiga ozod qilinib, ularga kasaba uyushmasining mablag‘lari hisobidan o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga, shuningdek kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylov vakolatlari tugaganidan keyin 2 yil ichida ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib yo‘l qo‘yilmaydi
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich