Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya javob beradi Savol: Banklarda SKORING natijasi yaxshi chiqmaganligi sababli Sizga kredit berilmaydi degan gaplarni ko‘p eshitamiz SKORING O‘ZI NIMA VA UNGA QANDAY OMILLAR TA’SIR QILADI?


Adliya javob beradi

 

 

Savol: Banklarda SKORING natijasi yaxshi chiqmaganligi sababli Sizga kredit berilmaydi degan gaplarni ko‘p eshitamiz SKORING O‘ZI NIMA VA UNGA QANDAY OMILLAR TA’SIR QILADI?

 

Javob:

 

Skoring so‘zi inglizcha «score» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «hisob» yoki «hisoblash» deb tarjima qilinadi. Moliyaviy sektorda skoring, potensial qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini baholash uchun qo‘llaniladi. Skoring ball qarz oluvchining kredit tarixi ma’lumotlari asosida hisoblanib, kredit qarzini o‘z vaqtida to‘lay olish ehtimolini baholaydi.

 

Skoring ball qanchalik yuqori bo‘lsa, qarz beruvchi tomonidan kredit arizasi ma’qullanish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

 

Skoring baliga ijobiy va salbiy omillar ta’sir qilishi mumkin, masalan, qarz majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan to‘lovlarning mavjud yoki mavjud emasligi, kredit axboroti sub’ektining (jismoniy va yuridik shaxslar) daromadi, shuningdek, ba’zi shaxsiy omillar: yoshi, oilaviy ahvoli, faoliyat sohasi va boshqalar ta’sir qilishi mumkin.

 

«Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi tomonidan qarz oluvchilar 0 dan 500 gacha bo‘lgan oraliqdagi skoring ball orqali baholanadi va ushbu oraliq 5 guruhga bo‘linadi:

A – a’lo;

B - yaxshi;

C - o‘rtacha;

D - qoniqarli;

E – yomon.

 

Balni hisoblashda to‘rtta omil muhim hisoblanadi. Ularning har birida muhimlilik darajasiga ko‘ra ta’sir kuchi har xil:

 

Oldin olingan va o‘z vaqtida, kechikmasdan to‘lanib ijobiy holatda yopilgan qarzlar eng yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘lib, baholash mezoniga 40% ta’sir qiladi;

 

Agar shaxsda ayni vaqtda kredit yoki muddatli to‘lovi mavjud bo‘lsa, uni to‘lab kelayotgan paytidagi holatini baholash omili 30% ta’sir qiladi;

 

Oldin olingan va doimiy ravishda kechiktirib, salbiy xolatda yopilgan qarzlarga beriladigan ballar omili 20% ta’sir qiladi;

 

Shaxsning o‘ziga doir – yoshi, manzili, jinsi va shunga o‘xshagan ma’lumotlar omili 10% ta’sir qiladi.

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich