Янгиликлар
Poyezd chiptalari olishda imtiyozlarni bilasizmi.
Poyezd chiptalari olishda imtiyozlarni bilasizmi.
Qonunchilikka koʻra poyez chiptalari olishda bolalarga chegirma va imtiyozlar boʻlib, 10 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) boʻlgan bolalarga poyezdda yurishlari uchun bolalar chiptalari berilib, yoʻlovchi oʻzi bilan birga yoʻlovchi tashish poyezdida yoʻl haqi toʻlamasdan 5 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yoʻl haqi toʻlamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshirilishi va 5 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) ikkinchi bolani yoʻl haqi toʻlamasdan yurishiga, alohida joy taqdim qilinmasdan, poyezdda yurish ikkala ota-ona tomonidan amalga oshirilayotganda yoʻl qoʻyiladi. Bunday holatda bolaga yoʻl haqi toʻlanmaydigan chipta har bir ota-ona chiptasiga bittadan rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, yoʻlovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) bolalar ketayotgan boʻlsa, ulardan biri yoʻl haqi toʻlanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashilishi, 5 yoshdan 10 yoshgacha (joʻnash vaqtiga yoshi toʻlgani ham) bolalarga ham tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy berilishi, 10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinishi belgilangan.
Bundan tashqari, 16 yoshgacha bolalarning ota-onalari hamrohligisiz yoʻlovchi tashish poyezdlarida yurishlariga yoʻl qoʻyilmaydi, maktab, litsey, kollejga borish uchun temir yoʻl transportidan foydalanuvchi oʻquvchilar bundan mustasno.
Qonunchilikda belgilanishicha, oʻtirish joylariga ega umumiy vagonda, bolalar chiptasiga ega boʻlgan har bir bolaga katta yoshdagi yoʻlovchilar kabi joy taqdim qilinishi, byepul yoki bolalar chiptasi bilan tashilayotgan bolalar yoshiga nisbatan shubhalar tugʻilganda, nazorat qiluvchi shaxs yoʻlovchidan bola yoshini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, ota-onalari pasportidagi yozuv va hokazolar) taqdim qilinadi.
Agar chiptalarni birinchi marta tekshirish vaqtida nazorat qiluvchi shaxsda bunday shubhalar tugʻilmagan boʻlsa, keyingi tekshirishlarda nazorat qiluvchi shaxslar va yoʻlovchilar orasidagi bolalar yoshi borasida bahslarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shuningdek, qonunchilikda tyemiryoʻllarda bepul yurish huquqiga;
-Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchinchi darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
-yarador boʻlgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
-Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga (Oʻzbekiston Respublikasi hududida).
-Imtiyozli chipta olish uchun chipta kassasiga chegirma olish huquqini beruvchi quyidagi tegishli hujjatlar taqdim qilinishi kerak: “Urush nogironi guvohnomasi”, “Urush qatnashchisi guvohnomasi” yoki “Imtiyoz huquqi toʻgʻrisida guvohnoma”.
-Kupon va guvohnoma taqdim etish evaziga yilda bir marta poyezd chiptasining umumiy qiymatidan 50 foizlik chegirma huquqi III guruh nogironlariga, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga beriladi.
-10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta boʻyicha ;
-harakat yoʻnalishining umumiy masofasi 2000 km gacha boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib)
-guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 10%
-guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 15%
-harakat yoʻnalishining umumiy masofasi 2000 km dan ortiq boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib)
-guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 20%
-guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 30% chegirmalar taqdim qilinadi: .
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova