Янгиликлар
Qachon ijtimoiy soliqlar ish beruvchiga qaytariladi.
Qachon ijtimoiy soliqlar ish beruvchiga qaytariladi.
Yoshlarning mustaqil hayotga qadam qoʻyishlari, oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga koʻmaklashish, doimiy ish bilan hamda munosib daromad olishini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida 26-aprel 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning bandligiga koʻmaklashish hamda ularni doimiy ish bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Farmoni qabul qilinib, ijroga qaratilgan.
Farmonga asosan, 2023-yil 1-maydan boshlab, 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʻliq qoplab berilishi belgilangan.
Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.
Ushbu qoida byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ijtimoiy soliq summasining qoplab berilishi respublika byudjetidan byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova