Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgardi


Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgardi

 

Joriy yilning 12-yanvar kunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida” gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

         Mazkur qonunga koʻra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.

Qonun asosida, Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar boʻyicha tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi.

Ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud hokimiyati organidir.

Konstitutsiyaviy sud: Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini koʻrib chiqadi;

 

Konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni koʻrib chiqadi.

Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritayotganda boshqa sudlarning yoki oʻzga organlarning vakolatlariga kiradigan barcha hollarda haqiqiy holatlarni aniqlash va tekshirishdan oʻzini tiyadi.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati qatʼiy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

 

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                      N. Anarqulova