Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Harbiylarga ipoteka krediti beriladi.


                Harbiylarga ipoteka krediti beriladi.

 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mazmunini “Davlat — inson uchun” degan ezgu gʻoya tashkil etadi. Xususan, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatiga asosan harbiy xizmatchilarga munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, haqiqiy harbiy xizmatni oʻtash uchun munosib va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining qonuniy manfaatlarini taʼminlashning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda harbiy xizmatning jozibadorligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlari taʼminlanmoqda.

Ushbu islohotlarni davom ettirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilgan (isteʼfoga chiqarilgan) fuqarolar va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy taʼminoti masalalarini oqilona hal etishga qaratilgan tadbirlar koʻlamini kengaytirish, shuningdek, ularni imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida 2023-yil 20-fevralida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga ipoteka krediti taqdim etish orqali uy-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 71-sonli qaror qabul qilinib ijroga qaratilgan.

         Mazkur qarorga koʻra, Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi.

Bunda imtiyoz uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida beriladi.

Shuningdek, uy qurib bitkazulgunga qadar harbiylarga xizmat turar joyi kvartira uchun har oylik pul kompensatsiya beriladi.

Kredit olgan harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                               N. Anarqulova