Янгиликлар
Fuqarolar oʻz huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlamaydi.
Fuqarolar oʻz huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlamaydi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 16-yanvar 2024-yilda imzolangan Qonun asosida “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
DAVLAT BOJI — davlatning maxsus vakolatli idoralari (sud, militsiya, fuqarolik holatini qayd etish byurosi, xoʻjalik sudlari, notarial ido-ralar, sugʻurta agentliklari va b.) tomonidan fuqarolar, korxonalar, tashkilot va muassasalar manfaatlari yoʻlida xizmat koʻrsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar (pasport, turli guvohnomalar, sertifikat, litsenziya va b.) berganlik uchun undiradigan pul yigʻimlaridir.
Davlat boji - yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlovdir.
Qonunga asosan, jismoniy shaxslar oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.
Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Bunday holatlarda fuqarolardan berilgan arizalar boʻyicha undiriladigan davlat boji BHMning 70 foizi etib belgilandi. Ilgari BHMning 1 baravari miqdorida edi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova