Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?


Bilasizmi?

Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?

 

Sudlanganlik - shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holat.

Faqatgina jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

-shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;

-majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;

-jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin – 1 yil oʻtgach;

-ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin – 2 yil oʻtgach;

-5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 4 yil oʻtgach;

-5 yildan ortiq, lekin 10 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 7 yil oʻtgach;

-10 yildan ortiq, lekin 15 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 10 yil oʻtgach.

Qonunchilikka koʻra, sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno) yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik mumkin emas.

Shuningdek, qoʻyidagi holatlarda shaxs sudlanmagan hisoblanadi:

-jazo tayinlanmagan holda ayblov hukmi chiqarilganda;

-tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan boʻlsa;

-javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

-qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yoʻqotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

-aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

-jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda;

-jinoyat sodir etgan shaxs kasalligi tufayli jazodan ozod qilinganda;

-amnistiya yoki afv etish asosida jazodan ozod qilinganda;

Sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi.

 

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                N. Anarqulova