Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Mahalla institutining jamiyatdagi roli oshiriladi.


Mahalla institutining jamiyatdagi roli oshiriladi.

 

Mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga masʼul boʻlgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasiga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21-dekabr 2023-yilda “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi farmoni qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Mazkur farmon bilan, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasini, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlarini tashkil etish, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat boʻlgan "Mahalla yettiligi" faoliyatini tashkil etish belgilandi.

Farmonga asosan, uyushmaning asosiy vazifalari etib, mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasidagi "koʻprik" vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga koʻmaklashish, mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, uning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini taʼminlash, har bir fuqaro oʻzi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini taʼminlashda masʼuliyatni sezishi, boqimandalikka oʻrganmaslik hissini yanada kuchaytirish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, fuqarolarni oʻz uyi va koʻchasini ozoda saqlashga, milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlarda mahallaning oʻrnini kuchaytirish, aholi oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash choralarini koʻrish, "mahalla yettiligi" tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish uchun safarbar etishda koʻmaklashish, mahallalardagi muammolarning oʻz vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining saʼy-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish, mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambagʻal oilalarga ajratilayotgan byudjet mablagʻlari va boshqa mablagʻlarning maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishini taʼminlash va mahallalarning moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, ularga ajratiladigan mablagʻlarni markazlashgan tarzda taqsimlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda mahalla masʼullarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv koʻnikmalari shakllanishiga koʻmaklashish belgilandi.

         Bundan tashqari, uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

         Ushbu farmon bilan mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan "mahalla yettiligi"ni tashkil qiladi.

         Ijtimoiy xodim - ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat koʻrsatish va yordamlarni tashkil etsa,

Soliq inspektori - tadbirkorlarga soliq xizmatlarini koʻrsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjetining daromadini shakllantirishga masʼul boʻladi.

         Shuningdek, farmonga binoan, 2024-yil 1-martdan boshlab "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" (keyingi oʻrinlarda - daftarlar) orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratishda byurokratiyadan xoli va mahallaning hamjihatligini aks ettiruvchi yangi yaʼni - jismoniy shaxslarni daftarlarga kiritish, shuningdek, daftarlar hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish "mahalla yettiligi"ning kollegial qarori asosida amalga oshirish;

-har oyning 5-sanasiga qadar daftarlar uchun mablagʻlarni taqsimlovchi masʼul tashkilotlar tomonidan jamgʻarmalarda shakllangan mablagʻlar daftarlarga kiritilgan fuqarolar soniga mutanosib ravishda tegishliligi boʻyicha har bir mahalla kesimida taqsimlash, tartibi joriy etildi.

         Mazkur farmonga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab "mahalla yettiligi" aʼzolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib boriladi.

         Bundan tashqari, 2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda "Mahalla byudjeti" tizimi amaliyotga joriy etilib:

a) har bir mahalladagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga quyidagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi:

-jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizi;

-mahalla idoralari orqali koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun undirilgan yigʻimning 10 foizi;

-mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokimi yordamchisi onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda;

-mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlar;

-Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadigan boshqa mablagʻlar;

b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlarini qayta taqsimlagan holda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan mahallalarga yoʻnaltirishi mumkinligi belgilab qoʻyildi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                   N. Anarqulova