Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Yangi turmush qurgan yoshlarga oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi


                              Bilasizmi?

Yangi turmush qurgan yoshlarga oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 637-son qarori bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgai yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisida” gi nizom qabul qilinib, ijroga qaratildi.

        Mazkur nizomga asosan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan boʻlib, kreditlar: -bozor stavkasida mijoz xohishiga koʻra 6 oy imtiyozli davr bilan, 20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga va boshlangʻich badali yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ajratiladi.

Shuningdek, nizomga asosan qarz oluvchilar quyidagi mezonlarga:

-kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlarning alohida toifalariga mansub Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

-“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi lozim);

-daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;

-qarz yuki koʻrsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadlarining 70 foizdan yuqori boʻlmasligi;

-yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi;

-kredit ajratishni koʻrib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;

-ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha boshqa yordam olmagan boʻlishi;

-yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʻlishi lozim.

         Bundan tashqari, Nizomga asosan kredit yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratiladi.

Bunda, qarz oluvchining kreditni qaytarish boʻyicha majburiyati taʼminoti sifatida ajratilgan kreditlarning muddati oʻtgan asosiy va foiz qarzdorligini qoplab berish sharti bilan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

-“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun — “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasining kafilligi;

-“Ayollar daftari”ga kiriktilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun — “Ayollar daftari” jamgʻarmasining kafilligi;

-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar uchun — “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining kafilligi.

-Mazkur bandda nazarda tutilgan kafilliklar tegishlicha “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladi.

“Yoshlar daftari” jamgʻarmasining kafilligi qarzdorning doimiy yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida beriladi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                       N. Anarqulova