Янгиликлар
Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
Garovga qo‘yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
Agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yilgan mol-mulk garovga qo‘yuvchida qoladi. Garovga qo‘yilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi.Garov narsasi garovga oluvchi tomonidan qulflangan va muhrlangan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) holda garovga qo‘yuvchida qoldirilishi mumkin.
Garov narsasi garovga qo‘yilganligini bildiruvchi belgilar qo‘ygan holda garovga qo‘yuvchida qoldirilishi mumkin (qat’iy garov).
Garovga qo‘yuvchi tomonidan egalik qilish yoki foydalanish uchun vaqtincha uchinchi shaxsga topshirilgan garov narsasi garovga qo‘yuvchida qoldirilgan hisoblanadi.
Qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovga qo‘yilganida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga oluvchiga yoki notarius depozitiga topshiriladi.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish. Garov to‘g‘risidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati yoxud garov narsasini hamda garov bilan ta’minlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Unda garovga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi kerak.
Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin.
Garov bilan ta’minlanadigan majburiyat garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin bo‘lgan majburiyatning eng ko‘p summasini ko‘rsatish yo‘li bilan identifikatsiya qilinishi mumkin.
Garov to‘g‘pisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kepak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno.
Ushbu moddaning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i I.Noyobov