Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Toshkent viloyatida bir million uch yuz mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi


Toshkent viloyatida bir million uch yuz mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi

 

     Toshkent viloyatida oʻtgan 2023-yilda 22 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga bir million uch yuz mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

     Shuningdek, 429 ming 567 nafar fuqaro xizmatlardan mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali foydalandi.

     Eng koʻap foydalanilgan davlat xizmatlari Elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish 219 ming 092 ta,   Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish 103 ming 499 ta, Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun ariza berish   134 ming 414 ta, Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish esa   81 ming 158 tani tashkil etdi.

     Eng koʻp davlat xizmatlari Qibray tumani (127 ming 8 ta) Davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatildi. Jumladan, Angren shahrida 107 ming 12 ta, Chirchiq shahrida 97 ming 522 ta, Olmaliq shahrida 72 ming 657 ta , Boʻstonliq tuman DXMda esa 72 ming 132 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.

     2023-yilda davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 240 84 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 132 ming 723 tasi yuridik shaxslar, 107 ming 361 tasi esa yakka tartibdagi tadbirkorlar. Shulardan 20 ming 635 ta dehqon xoʻjaligi, 3 ming 812 ta oilaviy tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtdi. Davlat roʻyxatidan oʻtgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 1 ming 35 tani tashkil etdi.

    Tuman markazlaridan uzoqda joylashgan hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatda Davlat xizmatlari markazining   filiallari tashkil etilgan boʻlib, 2023-yil davomida ular tomonidan 7 ming 830dan ziyod davlat xizmatlari koʻrsatildi.

     Markazdan olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga boʻlgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib kelinmoqda. Oʻtgan yilda bu koʻrsatkich 37 ming 276 tani tashkil etdi.

Xurshid Pirnazarov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi shoʻba boshligʻi