Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sifatli yuridik xizmat koʻrsatilmoqda


Sifatli yuridik xizmat koʻrsatilmoqda

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa oʻrta va quyi boʻgʻinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.                                                                   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etilgan.                           

2022-yilda Toshkent viloyatidagi tuman (shahar) Yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga jami 331 035 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan. Ushbu hujjatlardan 492 591 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 26 404 tasi rad qilingan hamda 16 959 tasiga salbiy xulosa berilgan.

Mazkur koʻrsatkichlar izchil ravishda oshib borib, 2023-yil mobaynida Toshkent viloyatidagi tuman (shahar) Yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan hujjatlar soni 535 993 taga yetib,usʼhbu hujjatlardan 492 591 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 26 404 tasi rad qilingan hamda 16 959 tasiga salbiy xulosa berilgan.    

         Markazlar tomonidan shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritishda samarali faoliyat yuritilib kelinmoqda.                           Xususan, Markazlar tomonidan 2022-yilda 118 ta talabnoma va 24 ta daʼvo arizalari qanoatlantirishi taʼminlangan boʻlsa, 2023-yilda qanoatlantirilgan talabnomalar soni 778 taga, daʼvo arizalari soni esa 179 taga yetgan.                                                                                                  Bundan tashqari, oʻtgan yil mobaynida Markazlar tomonidan davlat organi va tashkilotlarida 6207 ta, mahallalarda 3873 ta qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.                                   Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan yuqoridagi ishlar oʻz navbatida davlat organi va tashkilotlariga oʻz vaqtida sifatli yuridik xizmat koʻrsatilishiga, fuqarolarning huquqiy savodxonligi yanada oshishiga sabab boʻlmoqda.                                                     Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hajmi 2024-yil mobaynida yanada oshishi hamda sifatli boʻlishi shak shubhasiz. Zero, asosiy maqsadimiz qonun ustuvorligini taʼminlashdir.

Jahongir Aliyev

Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi shoʻbasi boshligʻi