Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nodavlat notijorat tashkilotlari qoʻllab-quvvatlanmoqda


Nodavlat notijorat tashkilotlari qoʻllab-quvvatlanmoqda

Soʻnggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, davlat organlari va ular oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlarini taʼminlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Buning natijasida 20 ga yaqin qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumatning qarorlari qabul qilindi.

Bugungi kunda Toshkent viloyatida adliya boshqarmasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat va xisob roʻyxatidan oʻtkazilgan 779 ta nodavlat notijorat hamda 272 ta diniy tashkilotlar faoliyat yuritib kelmoqda.

2023-yil davomida fuqarolar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan 65 ta va tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha 9 ta ariza kelib tushgan.

Nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi yuzasidan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yil davomida 18 ta diniy tashkilotlarda va 5 ta nodavlat notijorat tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazildi va aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha tashkilotlarga 23 ta taqdimnomalar kiritildi.

Toshkent viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan Nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan 2023-yil davomida adliya boshqarmasiga jami 539 ta tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha xabarnomalar kelib tushgan va mazkur xabarnomalarga asosan 30 ta nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlarida ishtirok etgan holda monitoringlar oʻtkazilgan.

Bundan tashqari, 2023-yil davomida 1 ta Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobi roʻyxatdan oʻtkazildi va 16 ta sudyalar hakamlik sudlarining sudyalari reestriga kiritildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olish boʻyicha 2023-yil davomida kelib tushgan kelishish hujjatlari adliya boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilib hulosalar berilgan.

 

Akmal Rahmatullayev,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi shoʻba boshligʻi