Янгиликлар
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish
qo‘llab-quvvatlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.10.2022 yilda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–387-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalariga va mahsulotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga quyidagi tartibda mablag‘lar ajratiladi, ya’ni:
-qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun kreditlar 150 million so‘mgacha garovsiz beriladi;
-kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari yillik 14 foiz miqdorida belgilanib, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha ajratiladi;
-ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha bo‘lgan qismi qarz oluvchi talabiga asosan naqd pulda taqdim etiladi;
-ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi.
- qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizi qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Saidislom Jamolov