Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Oʻquv ta’tillari davrida dam olish kunlari va bayramlarni hisobga olish kerakmi?


Oʻquv ta’tillari davrida dam olish kunlari va bayramlarni hisobga olish kerakmi?

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etish uchun oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda asosiy ish joyi boʻyicha ta’tillar beriladi. Ta’til sessiyaning (oʻqishning) boshlanishi va tugashining aniq sanalari koʻrsatilgan holda chaqiruv-ma’lumotnoma asosida belgilangan shaklda beriladi. Bunday ta’tillar kalendar kunlarda beriladi (MKning 385-m. 1-qismi). va shuning uchun dam olish, bayram va ishlanmaydigan qoʻshimcha kunlar ta’tilning umumiy davomiyligida hisobga olinadi.

 

Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat

ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti                                 I.Roziqov