Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Harakatlanib ketayotgan tegishli mashinaga multiradar o‘rnatgan holda jarimaga tortish mumkinmi?


Harakatlanib ketayotgan tegishli mashinaga multiradar o‘rnatgan holda jarimaga tortish mumkinmi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 975-sonli “ Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabati hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida“ qarorining 31-bandiga muvofiq yo‘l patrul xizmati xodimi mobil kompleks (multiradar)dan foydalanishi mumkin,faqatgina moslamaning ko‘rsatkichlari bilan harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi lozim.

          Bundan tashqari YPX xodimlari mobil kompleks(multiradar)ni o‘zboshimchalik bilan yechib olishi xizmatga aloqasi bo‘lmagan boshqa transport vositalariga o‘rnatishi hamda xizmatga aloqasi bo‘lmagan fuqarolarni jalb qilishi qat’iyan taqiqlanadi.

          Mazkur talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

           Qo‘shimcha sifatida, ko‘chma fotoradar va mobil komplekslarni qo‘llash joyi va vaqti DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq belgilanadi.

           Xullas, YPX xodimi mobil kompleks(multiradar)lardan foydalanish huquqiga ega. Ushbu turdagi mobil komplekslarga sertifikat beriladi va uning nusxasini ko‘rsatishni talab qilishingiz kerak. Agarda talabga qaramasdan,seritifikat nusxasini ko‘rsatilmasa tuzilgan bayonnoma yuridik kuchga ega bo‘lmaydi.

 

Yangiyo`l tuman

yuridik xizmat ko`rsatish

Markazi boshlig`i                                                          S.Djamalov