Янгиликлар
Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan ijara huquqini sotish mumkin
Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan ijara huquqini sotish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 martdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etiladi, Bunda:
-shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda o‘tkaziladi;
-ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini o‘tkazishdan oldin undan kamida 3 yil, 2021 yilgacha hokim qarori bilan olgan bo‘lsa, kamida 5 yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi kerak;
-ijaraga oluvchi auksion yoki ochiq elektron tanlov natijasiga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qo‘shimcha to‘lov majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lishi shart;
-yuridik shaxslar o‘zlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 5 yildan keyin boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.
Yangiyo‘l tumani YUXKM bosh yuristkonsulti
Murodjonov Xurshidjon Murodjonovich