Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

O‘zbekistonda milliy standartlashtirish tizimi to‘g‘risida


O‘zbekistonda milliy standartlashtirish tizimi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining 3 noyabr 2022 yildagi O‘RQ-800-son “Standartlashtirish to’g’risida”gi qonunga asosan O‘zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
  • Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
  • standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.

Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.

Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin:

  • qisqa (1 yilgacha);
  • o‘rta (1 yildan 5 yilgacha);
  • uzoq (5 yildan 10 yilgacha).

Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi. Standartlarning toifalari jumlasiga milliy standartlar, xalqaro (mintaqaviy) standartlar, xorijiy mamlakatlarning standartlari kiradi.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i                                                                           E.Eshonboboev