Янгиликлар
ЕРДАН БЕЛГИЛАНГАНИДАН БОШҚА МАҚСАДДА ФОЙДАЛАНИЛСА ЭГАЛИК ҲУҚУҚИ БЕКОР БЎЛИШИ МУМКИН !!!
YERDAN BELGILANGANIDAN BOSHQA MAQSADDA FOYDALANILSA EGALIK HUQUQI BEKOR BOʻLISHI MUMKIN !!!
SAVOL;
Maʼlum bir maqsad uchun egalik huquqi asosida ajratib berilgan yerdan boshqa maqsadda foydalansa nima boʻladi. Masalan, toʻyxona qurish uchun ajratib berilgan yerga toʻyxona emas qoʻyxona qursa boʻladimi?
JAVOB;
Yer kodeksining 36-moddasi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi deb nomlanib, ushbu moddaning 6-qismida yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida yerdan doimiy yoki muddatli yoxud ijara asosida foydalanish huquqi bekor qilinadi deb koʻrsatilgan.
Bu nima degani? Masalan, Sizga toʻyxona qurish uchun qonuniy tartibda yer ajratib berildi, lekin Siz u yerga kelishuvdan chiqib toʻyxona emas qoʻyxona qurib foydalana boshladingiz. Ana shunday holatda Siz bilan toʻyxonaga kelishgan tashkilot yoki boshqa vakolatli organlar monitoring oʻtkazganida u yer toʻyxona emas qoʻyxona boʻlib turgan boʻlsa, u yerdan qoʻylarni haydashingizga toʻgʻri keladi va voqealar rivoji Sizni oʻsha yerdan yuqoridagi normada koʻrsatilgan shakllarda foydalanish huquqingizni bekor boʻlishi bilan yakunlanadi.
Bundan boshqa holatlarda xam shunday. Masalan, Siz tegishli joyga murojaat qilib, menga manashu joyni bersalaring qurilish qilib birinchi qavatini maʼmuriy bino qilaman va birinchi qavatda advokatura bilan notarius joylashadi. Ikkinchi qavatida esa, bolalar taʼlim olishlari uchun oʻquv markazi ochiladi deb kelishib, qonuniy tartibiga koʻra yerni olganingizdan keyin shartnoma yoki loihada koʻrsatilmagan holda qurgan binoingizni spa-salonga moslashtirib yuborsangiz xam oʻsha yerdan foydalanish huquqingizni bekor boʻlishi bilan yakunlanadi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi A.O.Boboyorov