Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimida xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi


Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimida xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi 

Prezidentning “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan ushbu yoʻnalishda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab qoʻyildi:

• oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlash tartib-taomillarini optimallashtirish va raqamlashtirish;
• ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish;
• oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning salomatligi va turmush sifatini yaxshilash orqali ularning ijtimoiylashuvini taʼminlash;
• ijtimoiy himoya tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish;
• yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini joriy etish.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reestri yuritiladi.

Markaz oʻzgalarning parvarishiga muhtojlik darajasini baholaydi, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish rejasini tuzadi.

Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yoʻqotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalari) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida davlat boji undirilmagan holda almashtirib beriladi. 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi            A.O.Boboyorov