Янгиликлар
OʻQUVCHILAR DARSGA OʻZ VAQTIDA KELMASA KIM JAVOBGAR?
OʻQUVCHILAR DARSGA OʻZ VAQTIDA KELMASA KIM JAVOBGAR?
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-moddasiga asosan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi:
— bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shunga koʻra bolasini maktabda yubormagan ota-onalarga yuqoridagi modda bilan jarima qoʻllaniladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 27.06.2023-yildagi 190-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi sinf rahbarining yoʻriqnomasiga muvofiq, sinf rahbari sinfdagi davomatni nazorat qilishi, bu haqida ota-onalar bilan bogʻlanib, kelmaganlik sabablarini aniqlashi va maktab rahbariyatiga axborot kiritishi kerak.
Ushbu buyruqning 1-ilovasi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021-yil 206-sonli buyrugʻiga asosan MMIBDOʻning lavozim majburiyatlaridan biri bu sinf rahbarlarining faoliyatini tashkil etish, oʻquvchilarining davomatlarini nazorat qilish hisoblanadi.
Shunga koʻra, agar sinf rahbar yuqoridagi majburiyatni bajarmagan boʻlsa, unda sinf rahbarga Mehnat kodeksi 312-moddasiga asosan intizomiy taʼsir chorasi qoʻllaniladi.
Biroq, sinf rahbar davomad masalasida oʻz majburiyatini bajarganda bu javobgarlik MMIBDOʻga nisbatan qoʻllaniladi.
Mehnat kodeksi 312-moddasiga muvofiq xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli:
1) hayfsan;
2) oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima.
3) mehnat shartnomasini bekor qilish
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti B.B.Mavlanov