Янгиликлар
Pensiya qanday hisoblanadi?
Pensiya qanday hisoblanadi?
Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 78-bandiga acosan Ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qatʼi nazar, oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha) oylik ish haqi olinadi.
Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:
yoshga doir pensiyalar uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz aʼzosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarda belgilangan miqdorlardan kam emas;
har ikkala ota-onasini yoʻqotgan bolalarga (chin yetimlarga) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolgʻiz onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas.
Ish staji belgilangandan koʻp boʻlgan taqdirda qanday hisoblanadi?
Masalan ayollarga pensiyaga chiqish uchun 20 yil staj talab qilinsa, xodimning ish staji 30 yilni tashkil qisa, bunday holatda pyensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshirish orqali pensiya hiblanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi oʻtgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ishlangan vaqt pensiya tayinlash uchun stajga qoʻshib hisoblanmaydi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti B.B.Mavlanov