Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Er va xotinning har birining alohida mulkiga nimalar kiradi?


Er va xotinning har birining alohida mulkiga nimalar kiradi?

 

    Er va xotinning nikohgacha oʻziniki boʻlgan mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar bilan olgan mol-mulki ularning alohida mulki hisoblanadi.

    Biroq bu yerda masalaning yana bir nozik tomoni bor. Masalan, erning nikohgacha boʻlgan paytda olgan uyi bor. Nikohdan keyin xotin bu uyni qaytadan qurishi, kapital taʼmirlashi yoki qayta jizohlashi natijasida qiymati ancha oshdi. Shunday holatda bu uy umumiy mulk deb topilishi mumkin.

     Shuni ham aytish kerakki, qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), nikoh davomida er va xotinning umumiy puliga olingan boʻlsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.

    Er va xotinning umumiy mol-mulki qanday boʻlinadi?

    Umumiy mulk istalgan paytda: er va xotindan birining talabi bilan nikohdan ajrashmasdan ham, ajrashgandan keyin ham boʻlinishi mumkin. Shuningdek, er yoki xotinning qarzini undirish umumiy mulkka qaratilganda ham mulk boʻlinishi mumkin.

    Umumiy mulk oʻzaro kelishuvga koʻra boʻlinadi. Agar er va xotin kelisha olmasa, bu vazifa sudga qoladi. Sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga uning ulushidan oshiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki oʻzga kompensatsiya belgilanishi mumkin.

     Bolalarning ehtiyoji uchun olingan buyumlar (masalan, kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) boʻlinmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi. Shuningdek, bolalarning nomiga qoʻyilgan omonatlar oʻsha bolalarga tegishli hisoblanadi va boʻlinmaydi.

   Shuni aytish kerakki, nikohdan ajralgan keyin umumiy mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi ariza uch yil davomida berilishi mumkin.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                      N.P.Nazarimbetov