Янгиликлар
Fuqarolar oʻz huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlamaydi
Fuqarolar oʻz huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlamaydi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–897-son, 16.01.2024-y.) bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Unga koʻra, jismoniy shaxslar oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.
Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Bunday holatlarda fuqarolardan berilgan arizalar boʻyicha undiriladigan davlat boji BHMning 70 foizi etib belgilandi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida edi).
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov