Янгиликлар
Davlat boji.
Davlat boji.
Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlovdir.
Davlat boji quyidagilardan undiriladi:
sudlarga beriladigan daʼvo arizalari, arizalari, shikoyatlaridan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;
notariuslar va Oʻzbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun;
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik va guvohnoma berganlik uchun;
ID-karta, xorijga chiqish uchun biometrik pasporti berganlik uchun, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga oid iltimosnomalarni hamda arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olganlik uchun;
yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun;
ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun;
intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish uchun;
chet ellik yuridik shaxslardan koʻrgazma yuklarini rasmiylashtirganlik, chet ellik yuridik shaxslarga bojxona yuk deklaratsiyasi blanklarini realizatsiya qilganlik uchun;
xalqaro jamoat tashkilotlarini roʻyxatga olganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari xodimlarini akkreditatsiya qilganlik uchun;
chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chiqish yoki kirish-chiqish vizalarini berganlik va ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun;
chet el tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun;
faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalar va ruxsatnomalar berganlik uchun.
Davlat bojini undirish obyektlarining toʻliq roʻyxati “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunning 5-moddasida aks ettirilgan.
Mazkur Qonunda davlat boji stavkalari, ularni toʻlashdan ozod qilingan shaxslarning roʻyxati va qaytarish asoslari ham batafsil koʻrsatib oʻtilgan.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov