Янгиликлар
VASIYLIK VA HOMIYLIK KIMLARGA TAYINLANADI?
VASIYLIK VA HOMIYLIK KIMLARGA TAYINLANADI?
Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga asosan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga toʻliq layoqatli boʻlmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi.
Vasiylar va homiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.
Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari boʻlmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda, shuningdek bunday fuqarolar boshqa sabablarga koʻra ota-ona himoyasidan mahrum boʻlib qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov