Янгиликлар
XODIMNING OYLIGIDAN HAR OY "PROFSOYUZ"GA DEB PUL USHLAB QOLINISHI TOʻGʻRIMI?
XODIMNING OYLIGIDAN HAR OY "PROFSOYUZ"GA DEB PUL USHLAB QOLINISHI TOʻGʻRIMI?
Kasaba uyushmasiga kirish va chiqish ixtiyoriy.
Birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-moddasi birinchi qismiga koʻra kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida kasaba uyushmalariga aʼzo boʻlish ixtiyoriy ekanligi mustahkamlangan.
Ikkinchidan, Kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunning 18-moddasiga muvofiq ish beruvchi kasaba uyushmasining aʼzolari boʻlgan xodimlarning yozma arizalari mavjud boʻlganda kasaba uyushmasining tegishli hisobvaragʻiga xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan kasaba uyushmasiga aʼzolik badallarini, agar jamoa shartnomasida, kelishuvida shunday qoida nazarda tutilgan boʻlsa, oʻz vaqtida oʻtkazishi shart.
Mehnat kodeksining 269-moddasiga koʻra xodimning yozma roziligi bilan uning ish haqidan ushlab qolish mumkinligi keltirilgan. Mazkur normaning ikkinchi qismida xodimning roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish asoslari belgilangan boʻlib, unda kasaba uyushmasiga aʼzolik badallarini majburiy ushlab qolish qayd etilmagan.
Aʼzolik badali faqat sizning roziligingiz bilan ushlab qolinadi. Agar rozi boʻlmasangiz, unda badal ushlab qolinmaydi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti V.M.Farmonqulov