Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

SHAXS QANDAY HOLLARDA OʻZ FUQAROLIGINI YOʻQOTADI...


SHAXS QANDAY HOLLARDA OʻZ FUQAROLIGINI YOʻQOTADI...

 

Oʻzbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotiladi:

shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;

agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan boʻlsa;

agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan boʻlsa;

agar shaxs chet davlatning foydasini koʻzlab faoliyat koʻrsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yoʻli bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa;

agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan boʻlsa;

agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha yoxud chet davlat fuqarosi boʻlgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan boʻlsa va yigirma bir yoshga toʻlguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan boʻlsa.

Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligi oilaning boshqa aʼzolarini fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                      V.M.Farmonqulov