Янгиликлар
Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi kimlarga beriladi?
Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi kimlarga beriladi?
Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a'zolariga yoki xodim vafot etgan kunda marhumning qaramog'ida bo'lgan shaxsga beriladi. Ish haqi ish beruvchiga tegishli ariza, xodimning vafot etganligi to'g'risidagi guvohnomaning ko'chirma nusxasi berilgan hamda uning asl nusxasi taqdim etilgan kundan e'tiboran yetti kundan kechiktirmay to'lanadi.
Ish haqi natura (moddiy) shaklida berilishi mumkinmi?
Mehnatga natura shaklida haq to'lash taqiqlanadi, biroq Hukumat qarorida istisno bo'ladigan holatlar nazarda tutilishi mumkin.
O'rtacha ish haqi qanday hisoblab chiqiladi?
Barcha hollar uchun o'rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o'n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o'n ikki oydan kam ishlagan bo'lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda tegishli oyning 1-kunidan 30 (31)-kuniga qadar (fevralda — 28 (29)-kunga qadar) bo'lgan davr oxirgi kunni ham qo'shganda kalendarь oy deb hisoblanadi.
To'liqsiz ish vaqtida mehnatga haq to'lash qanday bo'ladi?
To'liqsiz ish vaqtida (to'liqsiz ish kuni, to'liqsiz ish haftasi, to'liqsiz ish kunining va to'liqsiz ish haftasining qo'shilishi) ishlaydigan xodimlarning mehnatiga haq to'lash ishlab berilgan vaqtiga mos ravishda yoki haqiqatda ishlab chiqargan mahsulotiga qarab amalga oshiriladi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig’i Sa’dullayev Adxam Turgunovich