Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-75-son, 19.02.2024-y.) qabul qilindi


 

“Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-75-son, 19.02.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-martdan:

·        qonun loyihasidagi havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilari loyihaning oʻzida majburiy tartibda belgilanadi;

·        tegishli sohani tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorlashda ushbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga koʻtarish imkoniyatini muhokama qilish shartligi belgilanadi va bu haqda qonun loyihasining tushuntirish xatida koʻrsatiladi;

·        qonun kuchga kirgan kundan boshlab 5 yil oʻtib, masʼul davlat organi va Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari tomonidan qonunning samaradorligini, maqsadi va kutilgan natijalariga erishilganligini aniqlash uchun uning tartibga solish taʼsirini baholash amaliyoti joriy etiladi;

·        eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda dastlab jamoatchilikning taklif va tavsiyalari olinib, ular asosida tegishli loyihalar ishlab chiqiladi;

·        normativ-huquqiy hujjatni kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha loyiha ishlab chiqilganda, uning asosida qabul qilingan quyi turuvchi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkazilib, ularni ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish masalasi koʻrib chiqiladi.

 

Toshkent viloyati Angren shaxar

Adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi

boʻlim boshligʻi Malikov Zuxriddin Erkinali oʻgʻli