Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

O'qituvchi ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish qay tartibda amalga oshiriladi?


O'qituvchi ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish

qay tartibda amalga oshiriladi?

 

Joriy yil 7-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "O'qituvchilarning ilg'or tajribasini ommalashtirish tartibi" to'g'risidagi buyrug'i imzolandi. Yangi tartibga ko'ra o'qituvchi ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Umumtaʼlim muassasasining fan o'qituvchisi tomonidan ilg'or tajribalar asosida ishlab chiqilgan metodik ish yo'nalishlar bo'yicha maktabning Metodbirlashmasi tomonidan muhokama qilinadi. Metodik ish ilg'or ish tajribaga ega deb topilgan taqdirda maktab miqyosida ommalashtirish uchun maktabning Pedagogik kengashiga tavsiya etiladi. Metodbirlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengashda talabgorning metodik ishi mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq ishlab chiqilganligi o'rganib chiqiladi. Shundan so'ng maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirmaslik bo'yicha Pedagogik kengash qaror qabul qiladi.

Agar talabgorning metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, ommalashtirishga loyiq deb hisoblansa, Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi va ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirsh.uz platformasiga joylashtiriladi:

metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi to'g'risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

o'zi to'g'risida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

 

Yangiyo`l tumani Yuridik                                           

xizmat ko`rsatish markazi                                                X.Rahimov

bosh yuriskonsulti