Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Chet elda ishlangan davr ish stajiga hisoblanadimi?


Chet elda ishlangan davr ish stajiga hisoblanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-oktyabrdagi 592-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq chet elda ishlash davrlari:

mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy ravishda 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;

2019 yil-1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun -to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;

2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliqlar to‘langan davr ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan fuqaro o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lashni quyidagi tartibda amalga oshirish huquqiga ega:

har oyda yoki har chorakda;

bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.

 

Yangiyo`l tumani Yuridik                                           

xizmat ko`rsatish markazi                                                X.Rahimov

bosh yuriskonsulti