Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Halol tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar manfaatlari himoya qilinadi


Halol tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar manfaatlari himoya qilinadi

Soʻnggi yillarda yurtimizda kontrafakt mahsulotlar aylanmasini oldini olish, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun qonuniy javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Kontrafakt mahsulotlar aylanmasidan birinchi oʻrinda mamlakat iqtisodiyoti hamda isteʼmolchilari katta zarar koʻrsa, ikkinchidan, uni xarid qilgan isteʼmolchi nafaqat oʻz sogʻligiga, balki oila va davlat byudjetiga ham birdek zarar yetkazadi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-aprel kuni tasdiqlangan “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

Unda viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi, farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish boʻlinmasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish tuzilmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati investitsiya va tashki savdo boshqarmasi hamda viloyat hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida seminar ishtirokchilariga mutaxassislar tomonidan tovar belgisiga boʻlgan mutlaq huquqning tugatishga oid xalqaro va milliy prinsiplarning qoʻllanilishida yuzaga kelayotgan muamollar hamda kontrafakt mahsulotlar aylanmasini oldini olish, intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, mazkur sohada davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish boʻyicha huquqiy tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, qaror ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan
“Qoʻshma harakatlar rejasi”da koʻrsatib oʻtilgan vazifalar hamda intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boʻyicha joriy etilayotgan yangi mexanizmlarni masʼul davlat organlari va tashkilot xodimlari oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha, jumladan “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalanish jarayonlari haqida amaliy mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasining kontrafakt mahsulotlar savdosini oldini olish yoʻlida olib borayotgan bunday seminar, uchrashuv va davra suhbatlari tadbirkorlarning huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka, halol va ishonchli tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan taraf manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, davlat organlari
va tashkilotlarining ushbu yoʻnalishdagi oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, intellektual mulk obyektlari qoʻllangan mahsulotlar hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda oʻz nomiga (brendiga) ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulot turlarini kengaytiradi.

Mamlakatimizda intellektual mulkni jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini rivojlantiruvchi asosiy drayverga aylantirish orqali Oʻzbekistonni ilmiy-texnikaviy va ixtirochilik jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kiritish eng muhim vazifamizdir.

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam oʻrin egallashi va rivojlangan davlatlar darajasiga erishishi yoʻlida Prezidentimizning “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muhim dastur boʻlib xizmat qiladi.

Bekzod Orifjonov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi Intellektual

mulk huquqlarini himoya

qilish boʻlim boshligʻi