Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

So‘roq qilish uchun telefon orqali chaqirishsa borish majburiymi?


So‘roq qilish uchun telefon orqali chaqirishsa borish majburiymi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 97-moddasiga ko‘ra guvoh, jabrlanuvchi, shuningdek ozodlikda yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga chaqiruv qog‘ozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham bo‘lishi mumkin.

Chaqiruv qog‘ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Chaqiruv qog‘ozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qog‘ozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yo‘q bo‘lsa, unga berib qo‘yish uchun chaqiruv qog‘ozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, yotoqxona ma’muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.

Qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar so‘roq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning ma’muriyati orqali chaqirtiriladi.

Xullas, telefon orqali chaqirish qonunda nazarda tutilmagan. Agar sizni ichki ishlar bo‘limiga, prokuroturaga yoki sudga telefon orqali chaqirishsa bormaslikka haqqingiz bor.

 

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                         Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li